18:18 / 04.12.2018
3 527

Shaxsning sudlanganlik holati qanday paytlarda tugallanadi?

Shaxsning sudlanganlik holati qanday paytlarda tugallanadi?
O‘zbekistonda shaxsning sudlanganlik holati qator paytlarda tugallanadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar qilmoqda.

Bunday holatlar:

shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;

majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;

jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;

ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – ikki yil o‘tgach;

besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – to‘rt yil o‘tgach;

besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – yetti yil o‘tgach;

o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – o‘n yil o‘tgach.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Shaxsning sudlanganlik holati qanday paytlarda tugallanadi?