08:56 / 06.12.2018
3 329

O‘zbekistonda internetni rivojlantirish uchun Yaponiya korporatsiyasi kredit ajratdi

O‘zbekistonda internetni rivojlantirish uchun Yaponiya korporatsiyasi kredit ajratdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga binoan, 2020 yilgacha internet tezligini kamida 10 barobar oshirish va MDH davlatlari darajasiga yetkazish, shuningdek, mamlakatda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida «Magistral va ko‘p tarmoqli ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish» va «IMS texnologiyasidan foylangan holda kommunikatsiya markazlarini modernizatsiya qilish» kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalarning asosiy pudratchisi Yaponiyaning Toyota Tsusho Corporation kompaniyasi ekanligini hisobga olgan holda, O‘zmilliybank tomonidan Yaponiyadan yetkazib berishni moliyalashtirish masalasi ishlab chiqildi.

Xususan, 2018 yil 5-dekabrda O‘zmilliybankning bosh binosida Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) bilan umumiy qiymati 100 million AQSh dollari bo‘lgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnoma Yaponiyaning yetakchi banklaridan biri hisoblangan SMBC hamda ushbu bank faoliyat olib boradigan mamlakatlardan, eksport-kredit agentliklari sug‘urta qoplamasi asosida, savdo va yuqori texnologik uskunalar va xizmatlarni yetkazib berishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi.

Mazkur shartnoma SMBC mijozlariga O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsion loyihalarda O‘zmilliybank bilan birgalikda ishtirok etish imkonini beradi.

Tomonlar shuningdek, yapon iyenasida kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish, sindikatlashgan loyihalarni moliyalash hamda texnik ko‘mak ko‘rsatish va o‘zaro tajriba almashish borasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Sumitomo Mitsui Banking Corporation 1876 yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda Yaponiyaning o‘z aktivi (1,7 trillion AQSh dollari), butun dunyo bo‘ylab 70 ga yaqin keng tarmoqli bo‘linmalari va investitsion bank xizmatlarining barcha turini taqdim etuvchi hamda 70 ming xodimlar bazasiga egaligi bilan yirik moliyaviy guruhlaridan biri bo‘lgan Sumitomo Mitsui Financial Group tarkibiga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda internetni rivojlantirish uchun Yaponiya korporatsiyasi kredit ajratdi