12:22 / 10.12.2018
4 168

Chimkentda go‘sht qimmatlashdi - uni O‘zbekistonga olib chiqib ketishmoqda

Chimkentda go‘sht qimmatlashdi - uni O‘zbekistonga olib chiqib ketishmoqda
Chimkentda sabzavotlar, meva va go‘sht qimmatlashdi. Tadbirkorlar buni unumsiz mavsum, stabilizatsiya fondining oblastdagi yangi markazga ko‘chib o‘tishi va mahsulotning chet elga olib chiqib ketilishi bilan bog‘lashmoqda, deya xabar qiladi «Astana» telekanaliga tayanib Kun.uz.

Go‘sht narxining oshishi kutilmagan bo‘ldi. Bir necha hafta mobaynida mol go‘shti narxi bir kilogramm uchun 1400 tengedan 1600 tengega yetdi.

Sotuvchilarning o‘zi buni bozorga go‘sht yetkazib berish keskin kamayishi bilan bog‘lashyapti. Realizatorlarning bildirishicha, mahsulot katta qismi ko‘tara (ulgurji) savdo qiluvchilar tomonidan O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda.

«O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistonga juda ko‘p olib ketilyapti. U yerga olib borish foydali, deyishmoqda. Boshqa tomondan, yem-xashak qimmat. Hozir hech kim go‘sht olmayapti. Qimmat. Rostini aytganda, pensionerlarga og‘ir», - deydi tadbirkor Jamiddin Yo‘ldoshxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chimkentda go‘sht qimmatlashdi - uni O‘zbekistonga olib chiqib ketishmoqda