22:36 / 10.12.2018
4 283

O‘zbekiston Yevropaning bir qator davlatlari uchun vizasiz rejim joriy etmoqchi

O‘zbekiston Yevropaning bir qator davlatlari uchun vizasiz rejim joriy etmoqchi
O‘zbekiston bir qator davlatlar, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun vizasiz rejimni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi «Sof.uz».

Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Lufthansa’ning MDHdagi mintaqaviy direktori Ronald Shulsning muzokaralari davomida ma’lum qilindi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston joriy yilning 5 oktyabridan Fransiya fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etdi, mart oyi boshidan esa — Tojikiston fuqarolariga.

Fevral oyida respublika yetti mamlakatning fuqarolari uchun vizasiz rejimni yo‘lga qo‘ygan edi. Endilikda Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va yaponiyalik sayyohlar kelgan kunidan boshlab 30 kun davomida vizasiz mamlakatda bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, 2018 yilning 10 fevralidan sayyohlik vizalarini rasmiylashtirishga soddalashtirilgan tartib joriy etilgan 39 ta davlatdan iborat ro‘yxat tasdiqlandi.

2018 yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik fuqarolar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 2 barobar oshib, 4,4 million kishini tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Yevropaning bir qator davlatlari uchun vizasiz rejim joriy etmoqchi