22:34 / 12.12.2018
3 778

O‘zbekiston bezgakdan xoli mamlakat deya e’lon qilindi

O‘zbekiston bezgakdan xoli mamlakat deya e’lon qilindi
11 dekabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan O‘zbekiston hududi bezgak kasalligidan holi mamlakat sifatida tan olindi. Bu haqda BMT rasmiy sayti xabar bermoqda.

Noyabr oyida O‘zbekiston bezgak kasalligidan xoli hudud sertifikatini olish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga murojaat qilgan.

JSST statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan buyon O‘zbekiston hududida bezgak kasalligi kuzatilmagan. Jahon fondi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekistonga bezgak kasalligining oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshirishga ko‘mak bergan. Natijada 2018 yilda kasallik butunlay bartaraf qilingan.

Jahon fondining ijrochi direktori Piter Sendsning aytishicha, Markaziy Osiyoda bezgakka qarshi kurashish jarayonlarida katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.

Jamg‘arma bezgakka qarshi kurashish uchun 10 yildan ortiq investitsiya kiritgan.

JSSTning 2018 yil bezgak kasalliklari bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab infeksiyaning tarqalish darajasi ortib borgan. Hisobotda keltirilishicha, 2016 yilga qadar infeksiyaning tarqalish darajasi past ko‘rsatkichlarda qayd etilgan bo‘lsa, 2017 yilda 217 milliondan 219 milliongacha oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bezgakdan xoli mamlakat deya e’lon qilindi