06:30 / 18.12.2018
6 318

O‘zbekistonda qorli kunlar boshlanishi kutilmoqda

O‘zbekistonda qorli kunlar boshlanishi kutilmoqda
Respublika gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekiston hududlarida bir necha kun davomida qor yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 21 dekabr kuni esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. 18 dekabr kuni kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 19 dekabr kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. 18 dekabr kuni kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18 va 21 dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 19-20 dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. 18 dekabr kuni kunduzi +7...+12, 19-21 dekabr kunlari +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, 21 dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, 21 dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati 18-19 dekabr kunlari kechasi -2...-7 daraja, 20-21 dekabr kunlari -7...-12 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda qorli kunlar boshlanishi kutilmoqda