16:27 / 19.12.2018
3 679

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlik rejasini imzoladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlik rejasini imzoladi
18 dekabr kuni O‘shda bo‘lib o‘tgan, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengashi ikkinchi yig‘ilishi yakunlandi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilg‘oziyev bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi.

Qirg‘iziston hukumati bayonotida aytilishicha, hamkorlik rejasida savdo va sanoat ishlab chiqarish sohasi, karantin va veterinariya sohalaridagi hamkorlik, bojxona jarayonlarini soddalashtirish, xalqaro hamkorlik va boshqa masalalar bo‘yicha aniq qadamlar hamda muddatlar belgilangan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengashi 2017 yil sentyabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan bitimga muvofiq tashkil etilgan.

Kengashning birinchi yig‘ilishi joriy yil 29-30 mart kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlik rejasini imzoladi