14:58 / 20.12.2018
3 277

Alisher Usmonov O‘zbekistondagi xususiylashtirish haqida o‘z fikrini bildirdi

Alisher Usmonov O‘zbekistondagi xususiylashtirish haqida o‘z fikrini bildirdi
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga intervyu berdi. Unda tadbirkor O‘zbekistondagi roli, Shavkat Mirziyoyevga bo‘lgan munosabati va kelajakka oid rejalari haqida gapirdi.

O‘zbekistondagi xususiylashtirish

«U [xususiylashtirish] bo‘lgan, biroq juda rasmiy edi. Aslida, hamma narsa davlatning qo‘lida qolgan. U yerda [O‘zbekistonda] sovet ittifoqi Davlat rejasiga asoslangan kvazikapitalistik tizim mavjud edi. Bunday merosni olgan yangi prezident, ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan keskin o‘zgarishlar yo‘liga qadam qo‘ydi.

Siyosatda yutuqlar yoki muvaffaqiyatsizliklar juda tez aniqlanadi - O‘zbekistonning siyosatdagi muvaffaqiyati aniq ko‘rinmoqda, ularni butun dunyo tan oldi. Siyosiy mahbuslar ozod qilindi, mamlakat ancha ochiq bo‘ldi, sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi.

Iqtisodiyotda juda ehtiyotkorlik bilan ketish kerak, u tekis yo‘l emas, uzoq vaqt davomida qiyshiq ko‘zgular podshohligida yashadi. Bu yerda xalq farovonligini oshirish uchun juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak, iqtisodiyotni normal yo‘nalishga o‘zgartirish lozim, u yerda raqobat va qayerdadir davlat ishtirok etishi kerak bo‘ladi, lekin xususiy investitsiyalar, birinchi navbatda, xorijiy sarmoyalar iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi», - dedi Alisher Usmonov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Alisher Usmonov O‘zbekistondagi xususiylashtirish haqida o‘z fikrini bildirdi