17:34 / 26.12.2018
3 700

AQSh Markaziy Osiyoda O‘zbekistonga eng ko‘p qiziqish bildirmoqda

AQSh Markaziy Osiyoda O‘zbekistonga eng ko‘p qiziqish bildirmoqda
2019 yilda AQSh O‘zbekistonga sarmoya kiritish uchun Rossiya bilan faol raqobatlashmoqchi, deya hisoblaydi Amerikaning Stratfor tahliliy markazi ekspertlari.

2019 yil bo‘yicha Amerika siyosatining ayrim qirralariga bag‘ishlangan materialda xabar berilishicha, Markaziy Osiyoda AQSh uchun aynan O‘zbekiston eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi.

«Iqtisodiy jabhada Vashington butun Markaziy Osiyo, xususan, Qozog‘iston va, ayniqsa, O‘zbekiston kabi mamlakatlarda iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga intiladi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston soyadan chiqmoqda, buni ko‘plab mamlakatlar o‘z ta’sirini kuchaytirish imkoniyatlari sifatida ko‘ryapti.

«Moskvaning O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalari o‘sib borayotganidan xavfsirab, AQSh rasmiy shaxslari iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar jihatidan Rossiya bilan raqobatlashish istagi haqida ma’lum qildilar», - deya eslatadi agentlik.

Agentlikning hisoblashicha, O‘zbekiston, katta ehtimol bilan, ikki davlatdan imkon qadar ko‘proq iqtisodiy qo‘llab-quvvatlov so‘raydi, ammo muvozanatni ushlab turadi, bu qandaydir rasmiy alyansga kirish imkonini bermaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » AQSh Markaziy Osiyoda O‘zbekistonga eng ko‘p qiziqish bildirmoqda