10:15 / 27.12.2018
3 506

Turkiyada Shavkat Mirziyoyev «O‘rta Osiyodagi yil odami» deb topildi

Turkiyada Shavkat Mirziyoyev «O‘rta Osiyodagi yil odami» deb topildi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Binoli Yildirim va Turkiyaning siyosat, iqtisodiyot, ilm-fan va jurnalistika sohalarida tanilgan qator vakillari ishtirokida «Turkiya va dunyo ravnaqiga hissa qo‘shganlar» nomidagi an’anaviy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Turkiyadagi nufuzli Turcomoney jurnali tomonidan o‘tkazib kelinadi. Mukofotlar esa Turkiya va dunyo siyosati, iqtisodiyoti, ilm-faniga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan insonlarga topshiriladi.

Bu yil taqdirlash marosimi hay’ati davlat rahbarlari orasida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodini «O‘rta Osiyodagi yil odami» mukofotiga loyiq deb topdi.

Elchixona vakillarining ma’lumotlariga ko‘ra, Turcomoney jurnali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan samimiy ruhda kechgan uchrashuvidan so‘ng O‘zbekistonda kechayotgan o‘zgarishlarni yoritishga bel bog‘lagan. Jurnalda Shavkat Mirziyoyev bilan ham suhbat e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, Turcomoney jurnali 2011 yilda tashkil etilgan. Uni turklarning Forbes’iga qiyoslashadi. Nashr qisqa vaqt ichida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Vladimir Putin, Angela Merkel, Hasan Ruhoniy va boshqa davlat rahbarlari bilan eksklyuziv materiallar hamda suhbatlar tayyorlagan.

Shavkat Mirziyoyev avvalroq Osiyo jurnalistlari uyushmasi tomonidan siyosat yo‘nalishi bo‘yicha «Osiyoda yil odami» deb topilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkiyada Shavkat Mirziyoyev «O‘rta Osiyodagi yil odami» deb topildi