14:27 / 28.12.2018
4 978

Abu-Dabida o‘zbekistonlik oshpazlar 10 ming kishilik osh damlashdi (foto)

Abu-Dabida o‘zbekistonlik oshpazlar 10 ming kishilik osh damlashdi (foto)
27 dekabr kuni Shayx Zayid nomidagi Abu-Dabi madaniy meroslar festivali doirasida o‘zbekistonlik oshpazlar 10 ming kishilik osh damlashdi.

Mazkur osh Shayx Zayid tavalludining 100 yilligi munosabati bilan pishirilgan.

10 ming kishi uchun 1,5 tonnadan ortiq guruch damlangan. Markaziy maydonda bitta asosiy katta qozon va uning yonida 8 ta kichkina qozon o‘rnatilgan.

Oshni tayyorlash davomida 30 ta o‘zbekistonlik oshpaz ishtirok etgan. Osh tayyorlash va tarqatish jarayonida o‘zbek kuy-qo‘shiqlari ijro etilib, shou taqdim etilgan.

Shayx Zayid nomidagi Abu-Dabi madaniy meroslar festivali 2 dekabr kuni boshlangan va 26 yanvargacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abu-Dabida o‘zbekistonlik oshpazlar 10 ming kishilik osh damlashdi (foto)