Rossiyaning “Astraxan davlat texnika universiteti (Baliq xo‘jaligi, biologiya va tabiatdan foydalanish instituti) ning Toshkent filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Qaror loyihasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi va Astraxan davlat texnika universitetining Qibray shahrida Astraxan davlat texnika universitetining filialini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish aytilgan.
“Filial Astraxan davlat texnika universitetining alohida bo‘linmasi sifatida kadrlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, bosh muassasa bilan kelishilgan o‘qitishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, shu jumladan, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi”, - deyilgan hujjat loyihasida.
Filialning ta’lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Astraxan davlat texnika universitetining belgilangan namunadagi diplomi beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi