17:17 / 04.01.2019
4 204

O‘zbekistonda 2019 yilda narx-navolar keskin ko‘tarilmaydi

O‘zbekistonda 2019 yilda narx-navolar keskin ko‘tarilmaydi
Moliya vazirligida tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Moliya vaziri J.Qo‘chqorov yaqinda e’lon qilingan, go‘sht, shakar, kartoshka, non, piyoz, baliq kabi mahsulotlardan QQS olishni bekor qilingani haqida izoh berdi, deya xabar qildi O‘zA.

Shuningdek, OAV vakillariga 2019 yilda narx-navolar keskin oshmasligini ma’lum qildi.

–To‘g‘risini aytganda, o‘tgan yili non, elektr narxining oshgani hisobiga inflyatsiya darajasi 20 foiz bo‘ladi degan tashvishda edik, – deydi J.Qo‘chqorov. – Lekin hisob-kitoblar bu ko‘rsatkichni 14,3 foizni tashkil etganini ko‘rsatdi. Buning asosiy sababi tadbirkorlarimiz orasida raqobatning keskin oshgani deb aytish mumkin.

Shuningdek, tadbirda korporativ mijozlar uchun savdo va xizmatlar sohasida cheklar joriy etilishi haqida so‘z bordi. Hozirga qadar plastik kartochka yordamida amalga oshirilgan savdo va servis xizmatlariga chekdan tashqari schyot-faktura ham talab etilib, ortiqcha tashvish bo‘layotgan edi. Endi mijozga berilgan chek qonuniy hujjat hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2019 yilda narx-navolar keskin ko‘tarilmaydi