21:24 / 05.01.2019
5 507

«O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi

«O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi
Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi, deya xabar beradi Kun.uz nashri.

Hujjatga ko‘ra, mamlakatda turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish, jahon bozorlarida milliy turistik mahsulotni faol va kompleks targ‘ib qilish hamda O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatida aytilgan takliflarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek Respublikaning 2017-2021 yillar uchun rivojlanishning besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

2. 2017 yilning 16 avgustida Prezident qaroriga ko‘ra tuzilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A.Aripov) ushbu yo‘nalishdagi barcha tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli tashkillashtirilishida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilish monitoringini yuritadi hamda har chorakda Prezident ma’muriyatiga mazkur hujjat bo‘yicha ishlarning borishi haqida batafsil ma’lumot taqdim etadi.

3. 2019 yilning 1 fevralidan 45 davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.

4. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019 yilning 1 fevralidan elektron kirish vizasi oluvchi mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirish, 15 martdan esa 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari (ikki martalik va ko‘p martalik) tizimini joriy qilish, shuningdek alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasini yo‘lga qo‘yishga oid takliflari qabul qilindi.

5. 106 mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonda turar-joy sotib olish huquqini taqdim etiladi. Buning uchun ushbu davlatlar fuqarolari O‘zbekiston hududlaridan muayyan summadagi ko‘chmas mulk inshootlarini xarid qilishlari kerak bo‘ladi.

6. O‘zbekistonning logistik jozibadorligini tubdan yaxshilash hamda mahalliy aeroportlardagi parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruhi tuziladi.

7. Uch oy ichida respublika transport tizimi yagona elektron portali yaratiladi, u blokcheyn texnologiyalari asosida reyslar (avtobus, avia- va temir yo‘l) qulayligini inobatga olgan holda chiptalar sotuvini amalga oshiradi.

Hujjat ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Prezident ma’muriyati rahbari Z.Nizomiddinov, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov va Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimovlar zimmasiga yuklanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi