16:16 / 11.01.2019
9 115

O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda yirik miqdordagi yangi banknota bahor mavsumida chiqarilishi mumkin.
Ayrim internet nashrlarda O‘zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 100 ming so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

Ushbu xabarlarda aytilishicha, yangi 100 ming so‘mlik banknota Navro‘z bayrami oldidan muomalaga chiqariladi.
Ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Markaziy bank bilan bog‘lanildi.

“Yirik miqdordagi banknota chiqarilishi haqida ilgari ham xabar bergandik. Yangi banknotalar chiqarilishi haqida texnik topshiriqlar ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda ish olib borilmoqda. Biroq, banknota muomalaga chiqishi bo‘yicha aniq sana belgilanmagan”, – deb ma’lum qildi Markaziy bank matbuot xizmati vakili.

Markaziy bankdagi boshqa manbaaning ma’lumotiga ko‘ra, yangi banknota Navro‘zga chiqarilishi kerak. Hozir dizayn va chop etishga ruxsat kutilmoqda. Biroq hozircha aniq sana noma’lum. Bu 1 mart, 21 mart yoki 1 aprel ham bo‘lishi mumkin.

Manba: Sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi