16:39 / 15.01.2019
5 704

O‘zbekiston hududiga iliq havo massasi kirib keladi

O‘zbekiston hududiga iliq havo massasi kirib keladi
15 yanvarda salqin va nam havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

16-17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 yanvarda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18-19 yanvarda respublika hududlariga Turkmanistondan iliq havo massalari kirib keladi, 18 yanvarda iliq harorat fonida yomg‘ir yog‘adi, 19 yanvarda esa Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi bilan ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Shu kunlarda harorat kechalari 3-5 daraja iliqdan 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 6-8 daraja iliqdan 15-17 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston hududiga iliq havo massasi kirib keladi