17:53 / 15.01.2019
5 363

O‘zbekiston harbiy qudrati bo‘yicha 136 davlat orasidan 39-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston harbiy qudrati bo‘yicha 136 davlat orasidan 39-o‘rinni egalladi
Mamlakatlarni harbiy kuchini ko‘rsatuvchi Global Firepower (GFP) reytingi 2018 yil yakunlariga ko‘ra mamlakatlar ketma-ketligini e’lon qildi. Reytingga 136 ta mamlakat kiritilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston 39-o‘rinni egallab turibdi.

Reyting mamlakatni harbiy kuchini ko‘rsatuvchi 55 ta mezonga asoslangan. Bunda mamlakatda mavjud bo‘lgan qurollarning umumiy soni emas, balki xilma-xilligi hisobga olingan. Tabiiy resurslar, logistik qulaylik, mahalliy sanoat, mamlakatdagi ishchi kuchi ham asosiy mezonlar tarkibiga kirgan.

Reytingda birinchi o‘rinni AQSh egallagan bo‘lsa, oxirgi o‘rinda Butan turibdi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Tojikiston 96, Qirg‘iziston 91, Turkmaniston 80, Afg‘oniston 71, Qozog‘iston 50-o‘rinni egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston harbiy qudrati bo‘yicha 136 davlat orasidan 39-o‘rinni egalladi