21:12 / 15.01.2019
5 454

O‘zbekistonda yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi
Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
- Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
- Kapital bozorni rivojlantirish agentligi;
- Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi.

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining quyidagi funksiyalari:
- bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasi — Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga;
- bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasi — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Farmonga muvofiq, davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.

- Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining;
- Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining;
- Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish — Kapital bozorni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi