Foto: «mv-vatanparvar.uz»
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:
- Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa zenith-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.
Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi