13:28 / 29.01.2019
6 088

Oʻzbekistonda yangi telekanal tashkil qilish taklif etildi

Oʻzbekistonda yangi telekanal tashkil qilish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tibbiyot telekanalini tashkil qilish haqida petitsiya paydo boʻldi.

Qayd etilishicha, respublikada aholi tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida tibbiy telekanal tashkil qilish kerak. Hozirgi kunda aholining katta qismi umumiy tibbiy bilimlar, jumladan sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish, gigiyena-sanitariya qoidalariga amal qilish, kasalliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi yetarlicha tushuncha, bilim va malakaga ega emas.

“Shu maqsadda tibbiy telekanal tashkil qilinib, turfa mavzularda koʻrsatuvlar tayyorlansa, sogʻlom turmush tarzi keng targʻib qilinsa, oʻzining ijobiy samarasini berar edi. Aholi oʻrtasida keng tarqalgan kasalliklar haqida, ularning oldini olish choralari toʻgʻrisida doimiy tushunchalar berib borilishi xalqimiz sogʻligʻini saqlashga katta hissa qoʻshadi. Tibbiy telekanal faoliyatiga professional yondashilsa, u eng ommabop, sevimli va samarali telekanallardan biriga aylanadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda yangi telekanal tashkil qilish taklif etildi
[/banner_pushhouse