10:11 / 30.01.2019
4 658

Bosh vazir endi mas’ul lavozimlarga xorijda yashayotgan vatandoshlarni tayinlaydi

Bosh vazir endi mas’ul lavozimlarga xorijda yashayotgan vatandoshlarni tayinlaydi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosarlarining e’tibori tegishli vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga munosib, o‘z ishini puxta biladigan va zamonaviy fikrlaydigan nomzodlarni tanlashga doir kadrlar bilan ishlashning susaytirilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.N.Aripov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar:
- tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining bo‘sh lavozimlariga, ushbu lavozimlarga xotin-qizlarni tavsiya etishga alohida e’tibor bergan holda, tayinlash uchun nomzodlar zaxirasini puxta ishlab chiqadi, asoslaydi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga taqdim etadi;
- mas’ul lavozimlarga xorijda yashayotgan vatandoshlar va xorijiy mutaxassislar orasidan tajribali menejerlarni tayinlash amaliyotini keng joriy etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bosh vazir endi mas’ul lavozimlarga xorijda yashayotgan vatandoshlarni tayinlaydi