18:03 / 05.02.2019
5 415

O‘zbekistonda bir o‘qituvchiga o‘rtacha necha nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi?

O‘zbekistonda bir o‘qituvchiga o‘rtacha necha nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi?
O‘zbekiston Respublikasida 2018/2019 o‘quv yili boshida jami umumta’lim muassasalari soni 9774 tani tashkil etib, ulardan 6044 tasi (62%) qishloq joylarida, 3730 tasi (38%) shaharlarda joylashgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ta’lim muassasalari soni 0,6 foizga oshdi (56 ta). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasida umumta’lim muassasalari uch turga bo‘linadi: boshlang‘ich, umumiy o‘rta va boshqalar. 2018/2019 o‘quv yili boshiga umum ta’lim muassasalarining umumiy sonidan 9648 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 37 tasi boshlang‘ich maktablar va 89 tasi boshqa muassasalar. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jami 5819,7 ming kishi, boshlang‘ich muassasalarida 6,6 ming kishi va boshqalarda muassasalarida 21,0 ming kishi ta’lim olmoqda.

2018/2019 o‘quv yili boshiga (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablarni hisobga olmagan holda) barcha ta’lim muassasalaridan, bir smenada ta’lim yuritiladiganlari 1951 ta (20,2%), ikki smenada 7694 ta (79,6%) uch smenada 19 ta (0,2%)ni tashkil etadi. Ta’kidlanganidek, bir smenada 2021,0 ming kishi (34,7%), ikki smenada 3797,2 ming kishi (65,2%), uch smenada 453,6 ming kishi (0,1%) tahsil olmoqda.

2018/2019 o‘quv yili boshiga jami o‘qituvchilar soni 444,2 ming nafarni (o‘rindoshlarsiz) tashkil etib, ulardan 54 foizi qishloq maktablarida, 46 foizi esa shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonda bir o‘qituvchiga o‘rtacha 13 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda bir o‘qituvchiga o‘rtacha necha nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi?