2019 yilning 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mahalliy ommaviy axborot vositalari rahbarlari va vakillari bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, vazir jurnalistlarga 2019 yil 19-20 fevral kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyoda o‘zaro uyg‘unlik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini so‘zlashi kutilmoqda.
Konferensiya davlat rahbari tomonidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.
Konferensiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumga Afg‘oniston, AQSh,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, O‘zbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan bo‘lib, ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, ta’lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.
Tadbirda Yevropa ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin