08:28 / 19.02.2019
10 000

O‘zbekistonda ob-havo keskin sovib, ba’zi hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ob-havo keskin sovib, ba’zi hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, hafta o‘rtasida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, kechasi havo harorati -7 darajaga tushadi.
19 fevral kuni O‘zbekistonning katta qismiga Turkmanistondan iliq havo oqimlarining kirib kelishi kutilmoqda, faqatgina shimoliy hududlarga Volga bo‘yidan nam va sovuq havo massalari keladi.
Yog‘ingarchiliklar kutilmayapti, faqat shimolda ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+13 daraja iliq, shimolda 0…+5 daraja bo‘ladi.
20−21 fevral kunlari Volga bo‘yidan kelgan nam va sovuq havo massalari respublikaning barcha hududiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
20 fevral kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi, shimolda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa yog‘ingarchiliklar bo‘lmasligi kutilmoqda. 20 fevral kuni kechasi va kunduzi 0…+5, 21 fevralda kechasi −5…0, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.
22−23 fevral kunlari sovuq havo oqimi bosqichma-bosqich ta’sirini yo‘qotadi. Juma kuni kechqurun havo −7…−2 darajaga, kunduzi +5…+10 darajaga tushadi. Shanba kuni kechasi −3…+2, kunduzi +7…+12 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ob-havo keskin sovib, ba’zi hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda