O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 fevral kuni soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini tahlil qilib, navbatdagi muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda soliq idoralari ayrim xodimlarining malakasi, kasb mas’uliyati talab darajasida emasligi, oqibatda jiddiy kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi.
Masalan, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida umumbelgilangan soliq to‘lash tizimiga o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlariga maslahat berish uchun soliq inspektorlari nomiga biriktirilgan.
Yig‘ilishda yangi soliq tizimini joriy etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlariga intizomiy choralar ko‘rildi.
– Soliq va prokuratura idorasi xodimlari qulog‘iga quyib olsin: bu yil yangi soliq tizimining tartib-qoidalari va hisob-kitoblari tadbirkorlar ongida to‘liq shakllanmaguncha, ularni jazolashga, jarimaga tortishga umuman yo‘l qo‘yilmasin. Aksincha, ular tadbirkorlarga maslahatchi va ko‘makchi bo‘lib, soliqlarni aniq hisoblash va to‘lashda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Soliq xodimlari malakasini oshirish, soliq to‘lovchilarga hisobotlarni shakllantirish va hisob-fakturalarni to‘ldirish tartiblarini o‘rgatish masalalari muhokama qilindi.
Ayrim tadbirkorlar yangi soliq tizimini qo‘llash bo‘yicha yetarli bilimga ega emasligi tufayli tovarlarga asossiz ravishda qo‘shimcha ustamalar hisoblash hollari uchramoqda. Bu iste’mol bozorida narx-navoga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Shu bois respublika shtabiga hududlarga chiqib, joylarda narx-navo oshishi sabablarini doimiy tahlil qilish, ularning asossiz o‘sishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Yangi soliq tizimi bo‘yicha yuzaga kelayotgan ko‘plab savollarga javob topish uchun uchrashuvlar, ommaviy axborot vositalarida maxsus efirlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi