The World Justice Project (WJP) xalqaro mustaqil notijorat tashkiloti Qonun ustuvorligi indeksi 2019 reytingini e’lon qildi. Tashkilot qonun ustuvorligini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston 126 davlat ichida 94-o‘rinni va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasida 13 mamlakat orasida 12-pog‘onani egalladi. Indeks tuzuvchilarining ta’kidlashicha, mamlakatda qonun ustuvorligi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangan, bu mamlakatga jahon reytingida 2-o‘ringa yuqorilash imkonini bergan. Mintaqada O‘zbekistonning o‘rni o‘zgargani yo‘q.
O‘zbekistonning umumiy balli - 0,46. Kot d’Ivuar, Dominikan Respublikasi, Gvatemala va Liberiyada ham xuddi shuncha.
WJP qonun ustuvorligi reytingi sakkiz ko‘rsatkich asosida tuziladi: hukumat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiya darajasi, davlatning ochiqligi, qonun ustuvorligi va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, huquq tartiboti, fuqarolik sudi va jinoiy suddagi adolat ko‘rsatkichlari.
Mamlakat «Tartib va xavfsizlik» indikatori bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega - jahonda 9-o‘rin, Kanada, Vengriya va BAAning yonida. «Ochiq hukumat» indikatorida esa eng yomon ko‘rsatkich - 119-pog‘ona, Kongo, Togo hamda Eronning yonida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?