13:45 / 01.03.2019
4 549

Jahon banki O‘zbekistondagi gender tengligi darajasini aniqladi

Jahon banki O‘zbekistondagi gender tengligi darajasini aniqladi
Dunyoda gender tengligiga erisha olgan faqatgina oltita davlat bor, deyiladi Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun - 2019» tadqiqotida. Bu Belgiya, Daniya, Fransiya, Latviya, Lyuksemburg va Shvetsiya.

Avstriya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya, Ispaniya hamda Buyuk Britaniya deyarli 100 ball to‘plagan (barchasida 97,5dan). Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Sudan, Eron va Qatarda eng yomon ko‘rsatkichlar - 32 dan kam.

O‘zbekiston 70,6 ball to‘pladi. Gvatemala va Kongoda ham taxminan shuncha. Tadqiqotda nomi keltirilgan sobiq SSSR davlatlari orasida O‘zbekiston so‘nggi o‘rinda, ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha - Litva 93,7 ball, Tojikiston - 81,8 ball, Gruziya - 79,3 ball, Ukraina, Ozarboyjon va Belarus - 78,7 ball, Qirg‘iziston - 76,8 ball, Qozog‘iston va Armaniston - 75,6 ball, Rossiya - 73,1 ballga ega.

187 mamlakat ro‘yxatga kiritilgan. Ekspertlar ularning qonunchilik bazasini baholashdi, mezonlar sifatida so‘nggi 10 yil ichida kiritilgan, ayollar huquqlariga u yoki bu tarzda ta’sir qilgan o‘zgarishlardan foydalanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jahon banki O‘zbekistondagi gender tengligi darajasini aniqladi