08:26 / 06.03.2019
3 678

Oʻzbekistondan Rossiyaga qoʻl yukida meva-sabzavotlar olib kirishga ruxsat berildi

Oʻzbekistondan Rossiyaga qoʻl yukida meva-sabzavotlar olib kirishga ruxsat berildi
Rosselxoznadzor Oʻzbekistondan qoʻl yuki va yuklarda umumiy ogʻirligi 5 kilogrammdan koʻp boʻlmagan meva va sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 5 martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan yoʻlovchilarga qoʻl yuki va yuklarda umumiy ogʻirligi 5 kilogrammdan ortiq boʻlmagan miqdorda sarxil meva-sabzavotlar, quritilgan mevalar va yongʻoqlar olib kirishga ruxsat berilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ruxsat Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat inspeksiyasi kafolati ostida berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistondan Rossiyaga qoʻl yukida meva-sabzavotlar olib kirishga ruxsat berildi