Oʻzbekiston Markaziy Banki rahbari Mamarizo Nurmuratov jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan suhbatda soʻm denominatsiyasi (ortiqcha nollarni olib tashlash) haqidaga savolga javob berdi.
Nurmuratov aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonda denominatsiya oʻtkazish hozircha rejalashtirilmagan.
“Denominatsiya– bu juda nozik masala. Bu haqida men oʻz fikrimni aytishim mumkin xolos. Odatda denominatsiya makroistisodiy vaziyat, birinchi navbatda inflyatsiya barqarorlashganidan soʻng oʻtkaziladi”, - dedi Mamarizo Nurmuratov.
Undan tashqari Markaziy bank rahbari soʻzlariga koʻra, denominatsiya – bu texnik jarayon xolos. Uni oʻtkazish juda oson, lekin Markaziy bank hozircha oʻz oldiga bunday vazifa qoʻymagan.
“Biz hozircha bunday ishni maqsad qilmaganmiz. Mavjud nominaldagi pullar qulay va aholining naqd pulga boʻlgan talablariga javob beradi”, - dedi Nurmuratov.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 22 avgustida Oʻzbekistonda 50 ming soʻmlik, 2019 yilning 25 fevralida – 100 ming soʻmlik banknotalar muomalaga kiritilgan edi.
Maʼlumot uchun: denominatsiya bu – moliyaviy islohotning bir turi boʻlib, u valyuta nominal qiymatini kamaytirishni, bir necha eski namunadagi qogʻoz pul oʻrniga 1 ta yangi namunadagi banknota ishlatishni nazarda tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»