19:46 / 07.03.2019
3 414

Oʻzbek olimlari qishloq xoʻjaligida ishlatish uchun yangi preparat oʻylab topishdi

Oʻzbek olimlari qishloq xoʻjaligida ishlatish uchun yangi preparat oʻylab topishdi
Akademik S.Yu.Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan parrandachilikda qoʻllaniladigan yangi mahalliy estrogen fitopreparati – Kufestrol preparati yaratildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar tarqatdi.

“Parrandachilik bilan shugʻullanuvchi fermerlar yaxshi biladigan Sinestrol preparatidan farqli ravishda, Kufestrol genetik buzilishlarga, parrandalarning keyingi avlodlarida bepushtlikka olib kelmaydi. Goʻsht mahsulotlari termik qayta ishlanganda, yaʼni pishirilganda u parchalanib ketadi, preparatni uzoq muddat davomida qabul qilgan parrandalarning tuxumi va goʻshtida yigʻilib qolish xususiyatiga ega emas”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Maʼlum qilinishicha, mazkur loyihaning iqtisodiy foydasi 1 tonna yemga 1 gramm preparat solish bilan qiyoslanmoqda. Preparat tovuqlarning tuxum berishini 18 foizga oshirishi aytilmoqda.

Taʼkidlanishicha, litsenziya shartnomalarini tuzish yoʻli orqali 11ta innovatsion ishlanma shu paytgacha tijoratlashtirilgan boʻlib, bunda investorlarga intellektual mulk egalik huquqi berilgan. Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot muassasalariga sotilgan mahsulotning 10-15 foizi daromad sifatida tushib turadi.

Hozirgacha vazirlik tomonidan 400 ta tashabbus boʻyicha gʻoyalar banki shakllantirilgan boʻlib, ulardan 119 tasi tegishli vazirlik va muassasalarga hamkorlikda oʻrganib chiqish uchun yoʻnaltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbek olimlari qishloq xoʻjaligida ishlatish uchun yangi preparat oʻylab topishdi