10:27 / 11.03.2019
4 964

Prezident valyuta operatsiyalarida bozor mexanizmlarini joriy qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi

Prezident valyuta operatsiyalarida bozor mexanizmlarini joriy qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Valyuta operatsiyalarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2006 yil 16 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2006 yil 16 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlar

4-bandda:
a) uchinchi xatboshidagi “vakolatli banklarni” soʻzlari “tijorat banklarni” soʻzlari bilan almashtirildi;
b) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Jamgʻarma hisobvaragʻiga tushgan milliy valyutadagi mablagʻlar ular tushgan sanadagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida oʻrnatilgan joriy kurs boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiya qilinadi va Jamgʻarmaning valyuta hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”.

2-ilovada:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “vakolatli banklarning” soʻzlari “tijorat banklarning” soʻzlari bilan almashtirildi;
b) 20-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamgʻarma hisobvaragʻiga tushgan milliy valyutadagi mablagʻlarni ular tushgan sanadagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida oʻrnatilgan joriy kurs boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamgʻarmaning valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazadi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident valyuta operatsiyalarida bozor mexanizmlarini joriy qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi