08:00 / 14.03.2019
6 567

Oʻzbekistonda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekistonda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 42-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 42-moddasiga (Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilishi mumkin:
- sanksiyadagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan soʻzlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtiriladi;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldiriladi:

“Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
- davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlaydi;
- ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi