10:36 / 14.03.2019
5 912

Qozogʻiston Oʻzbekistonga taklif bilan chiqdi

Qozogʻiston Oʻzbekistonga taklif bilan chiqdi
Foto: Kazinform
Qozogʻiston oʻzbekistonlik tadbirkorlarga mamlakat qishloq xoʻjaligi loyihalarida ishtirok etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yermek Kosherbayev biznes-forum yakunlari boʻyicha xabar berdi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

“Biz oʻzbekistonlik tadbirkorlarni qishloq xoʻjaligi loyihalarimizda keng ishtirok etishga taklif qildik, sababi Qozogʻiston - Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozoriga kirish uchun katta maydon. Ayni paytda biz ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston tomonidan javob oldik, uni muhokama qilamiz. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasi ham har ikki mamlakat ishbilarmonlari orasida qiziqish uygʻotmoqda”, - dedi Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatga Oʻzbekiston bilan birgalikda yangi xalqaro savdo zonasi va “Turkiston” oʻtkazish punkti yaratish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qozogʻiston Oʻzbekistonga taklif bilan chiqdi