21:50 / 15.03.2019
4 528

16 mart kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

16 mart kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 mart kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 16-21 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechqurun yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 16 mart kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti