16:40 / 22.03.2019
6 795

Oʻzbekiston mudofaa qoʻshinlariga yangi texnika va qurol-aslahalar topshirildi (foto)

Oʻzbekiston mudofaa qoʻshinlariga yangi texnika va qurol-aslahalar topshirildi (foto)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
19 mart kuni Chirchiq dala oʻquv maydonida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarini 2018—2021 yillarda harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan butlash, ularni taʼmirlash va modernizatsiya qilish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq yangi harbiy texnikalar qoʻshinlarga foydalanish uchun yoʻl oldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi vakillari hamda harbiy texnikalarni qabul qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Jami ikki yuzga yaqin harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari keyingi foydalanish uchun tantanali ravishda qoʻshinlarga topshirildi. Ular orasida yuk, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, harbiy xizmatchilarga tez tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan harbiy transport texnikalari mavjud.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ushbu ixtisoslashgan harbiy transport texnikalarning aksar qismi Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan maxsus Oʻzbekistonda yigʻilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida qoʻshinlarni zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan taʼminlash hamda mustaqil mudofaa-sanoat majmuasini yaratish koʻzda tutilgan edi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston mudofaa qoʻshinlariga yangi texnika va qurol-aslahalar topshirildi (foto)