20:20 / 19.03.2019
5 161

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni [url=https://kun.uz/news/2019/03/19/prezident-qarori-fvv-tarkibida-yangi-xizmat-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni [url=https://kun.uz/news/2019/03/19/prezident-qarori-fvv-tarkibida-yangi-xizmat-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni OʻzA tomonidan keltirilgan.

Qaror bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligining 2019 yil 1 iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dispetcherlik xizmatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.

Dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi etib eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslar, shuningdek, ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qoʻngʻiroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy taʼminotdan foydalangan holda qoʻngʻiroqlar va boshqalar) orqali boʻladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kechayu kunduz, tezkor javob berishlarini muvofiqlashtirgan holda taʼminlash belgilandi.

Belgilab qoʻyilishicha:

Dispetcherlik xizmati xodimlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qoʻshimcha ajratiladigan dastlabki 10 shtat birligi hisobiga toʻldiriladi (bir nafar serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va 9 nafar xizmatchi) va keyinchalik tushadigan xabarlar hamda murojaatlar hajmiga qarab ularning soni 22 nafargacha yetkaziladi;

Dispetcherlik xizmatini dastlabki texnik jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar (server uskunalari, kompyuter texnikasi va orgtexnika, dasturiy taʼminot) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;

Dispetcherlik xizmatini joriy taʼminlash va moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:

Oʻzbekiston karlar jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda Dispetcherlik xizmatini yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir mutaxassislar bilan toʻldirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga imo-ishora tilida soʻzlashadigan mutaxassislar orasidan nomzodlarni taqdim etadi;

uch oy muddatda oʻzlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari elektron bazasini yaratishni taʼminlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni [url=https://kun.uz/news/2019/03/19/prezident-qarori-fvv-tarkibida-yangi-xizmat-