09:18 / 25.03.2019
3 704

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga keldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga keldi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlat rahbarini BAA bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.

Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati boʻlib oʻtdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi amirligi valiahdi, BAA qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara oʻtkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga keldi (foto)