16:43 / 25.03.2019
4 054

Gʻuzorda bogʻcha qurilishi uchun ajratilgan mablagʻ qayerga ketdi…?

Gʻuzorda bogʻcha qurilishi uchun ajratilgan mablagʻ qayerga ketdi…?
Siz koʻrib turgan bu manzara Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi “Xalqobod” qishlogʻida joylashgan 11-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida suratga olingan.

1973 yilda qurilgan binoda obodonlashtirish ishlari yaxshi bajarilgan, biroq oshxonada ayanchli vaziyatni koʻrib, nahotki bolalarga shunday sharoitda taom tayyorlanadi, degan xayolga borasiz.

Odatda bogʻcha hamshirasi bolalar bogʻchasida sanitariya-epidemiya rejimini nazorat qiladi, shuningdek kundalik rejimga, bolalar ovqatlanishiga, ertalabki mashqlarning toʻgʻri oʻtkazilishiga, jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga rioya etilishini tekshirib boradi. Biroq, bogʻcha hamshirasi oʻz vazifalarini toʻliq bilmaydi, shekilli. Bilganida edi, muassasada sanitariya talablari bajarilgan boʻlar edi.

- Men shu bogʻchani sozlayman deb anchadan beri harakat qilaman, - deydi 11-maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi Salomat Murodova. Biroq harakatlarim natija bermayapti. Hech kim tinglamayapti. Oʻtgan 2018 yilda bogʻcha kapital taʼmirlash uchun davlat dasturiga kiritilgan edi. Hattoki loyiha ham ishlab chiqildi. Lekin bogʻchamizda qurilish ishlari bajarilmadi. Biz ham yangi, zamonaviy va sharoitlarga ega bogʻchada ishlashni istaymiz. Istagimiz amalga oshadimi yoʻqmi, bilmadik.

Masalaga oydinlik kiritamiz:
– Tumanimizda 11-bogʻchaning ahvolidan ham ogʻir bogʻchalar bor, -deydi Gʻuzor tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirasi Shahlo Boltayeva. Buni inobatga olib, joriy yil bir necha maktabgacha taʼlim muassasasida qurilish va rekonstruksiya ishlari bajariladi. Maʼlumot oʻrnida aytishim mumkinki, oʻtgan 2018 yilda tumanimizda ogʻir holatdagi yana 2 ta bogʻcha kapital taʼmirlangan.

Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi?

11-maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi taʼkidlashicha, bogʻcha 2018 yilda kapital taʼmirlash uchun davlat dasturiga kiritilgan ekan. Agarda dasturga kiritilgan boʻlsa, unda qurilish ishlari uchun mablagʻ ajratiladi va ajratilgan mablagʻ evaziga qurilish loyihasi ishlab chiqiladi. Bogʻchaning qurilish loyihasi boʻlimda bor. Ammo bu ishlar uchun ajratilgan mablagʻ qayerga sarflangan? Yoki qurilish loyihasi ishlab chiqilmagan edimi? Xoʻsh bogʻcha mudirasining eʼtirozlari nechogʻlik toʻgʻri?
Dilshod NABIYEV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Gʻuzorda bogʻcha qurilishi uchun ajratilgan mablagʻ qayerga ketdi…?