7 468
Dunyoning eng baland binosi Oʻzbekiston bayrogʻi “libosi”da namoyon boʻldi (foto, video)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi sharafiga dunyoning eng baland binosi hisoblangan Dubaydagi Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor obyektlar Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga burkandi. Davlat rahbari matbuot xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi “libosi”dagi Burj Al-Xalifaning tasviri bilan boʻlishdi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAAga rasmiy tashrifi doirasida Dubay shahrida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara oʻtkazdi. Koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalari “Zaabil” saroyida boʻlib oʻtgan uchrashuvning asosiy mavzusi boʻldi. Dubay amiri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqqan Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi.
Oʻzbekiston prezidentining BAAga tashrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.
Shunisi diqqatga sazovorki, BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Tvitterda oʻzbek tilida tvit yozdi.
“Biz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz oʻrtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi”, - deyiladi tvitda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi