12:00 / 28.03.2019
3 610

Soʻmning grafik koʻrinishini joriy etish taklif qilinmoqda

Soʻmning grafik koʻrinishini joriy etish taklif qilinmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Oʻzbekiston milliy valyutasi - soʻmning grafik koʻrinishini joriy etish haqida petitsiya eʼlon qilingan.

Qayd etilishicha, mamlakatda soʻnggi yillarda barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda milliy valyuta bilan Internet saytlarda va turli onlayn doʻkonlarda elektron toʻlovlar amalga oshirilmoqda. Soʻm tranzaksiyalarda UZS shaklida koʻrsatiladi. Shuningdek, supermarketlarda va boshqa savdo nuqtalarida ham soʻm toʻliq yoziladi.

“Shu sababli boshqa mamlakatlar qatori bizda ham soʻmning grafik koʻrinishini joriy etish kerak. Misol uchun, Qozogʻistonda tenge ₸ koʻrinishida, Qirgʻizistonda som ⊆ koʻrinishida, Yevropa ittifoqida yevro € koʻrinishida va h.k. Soʻmning grafik belgisi joriy qilinsa, matnlarda ham belgilar qisqarib soʻmni yozish qulaylashadi. Peshtaxtalarda narxlar shrifti hajmi kattalashadi”, - deyiladi murojaatda.

“Markaziy bank tomonidan dizaynerlik tanlovini oʻtkazish orqali soʻmning grafik koʻrinishi loyihasini ishlab chiqishni taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning iyun oyi boshlarida soʻmning grafik belgisi paydo boʻlishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Oʻshanda bu yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasida nazarda tutilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Soʻmning grafik koʻrinishini joriy etish taklif qilinmoqda