21:51 / 28.03.2019
3 430

29 mart kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

29 mart kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 29 mart kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkentda havo oʻzgarib turadi, momaqaldiroq boʻlib, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 18-20 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, momaqaldiroq boʻlib, yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, momaqaldiroq boʻlib, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 29 mart kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?