08:47 / 25.04.2019
3 296

Rossiya O‘zbekistonda sun’iy yonilg‘i ishlab chiqarish zavodi quradi

Rossiya O‘zbekistonda sun’iy yonilg‘i ishlab chiqarish zavodi quradi
Rossiya eksport markazi O‘zbekistonda 600 million dollarlik loyihalar amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi markazning O‘zbekistondagi vakili Dmitriy Proxorenko Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Expo-Russian Uzbekistan-2019 ko‘rgazmasida.

“Biz hozir 600 million dollarlik loyihalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Bu loyihalar shu yil taklif etilgan yangi tashabbuslar”, - dedi Proxorenko ko‘rgazmada.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida Toshkentda metallurgiya zavodi, O‘zbekiston janubida umumiy qiymati 450 million dollar bo‘lgan sun’iy yonilg‘i ishlab chiqrish GTL zavodi qurish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda boshlangan Expo-Russian Uzbekistan-2019 ko‘rgazmasi Rossiyaning OAO "Zarubej-Ekspo", Rossiya Eksport markazi, Xalqaro tinchlik fondlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi ishtirokida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. Rossiya tomonidan O‘zbekiston iqtisodiga kiritilgan sarmoyalar 9 milliard dollar atrofida. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 6 milliard dollarga yaqin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiya O‘zbekistonda sun’iy yonilg‘i ishlab chiqarish zavodi quradi