18:12 / 04.05.2019
3 099

Shavkat Mirziyoyev joriy yil Rossiyaga tashrif bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev joriy yil Rossiyaga tashrif bilan boradi
Foto: “RIA Novosti”
Shavkat Mirziyoyev joriy yil Rossiyaga tashrif bilan boradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Toshkentga safarini yoritgan TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Toshkentga tashrif Rossiya—O‘zbekiston muloqotining yuqori darajasini namoyish etdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil Rossiya Federatsiyasiga tashrifini tayyorlashda ustuvor vazifalarni belgilash imkonini berdi», — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 30 may kuni O‘zbekistonga keladi. May oyi oxirida Toshkentda Rossiya—O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining hukumat raislari darajasidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev joriy yil Rossiyaga tashrif bilan boradi