Markaziy bank va VISA xalqaro to‘lov texnologiyalari kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda MB xabarida aytiladi.
Memorandumga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini birgalikda yaratish, yangi raqamli to‘lov mahsulotlarini joriy etish yo‘li bilan elektron to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish va raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishadi.
Shuningdek, tomonlar butun mamlakat bo‘ylab kartalarni qabul qilishni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini banklar va savdo sub’ektlariga risklarni boshqarishning ishonchli vositalarini taqdim etish orqali amalga oshirishga kelishib oldilar.
Hamkorlik doirasida tomonlar mahalliy banklar bilan mobil va elektron to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash uchun karta hisob raqamlarini belgilashni (tokenlashtirish) joriy etish, shuningdek, xatarlar va firibgarlik operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar almashish bo‘yicha ish olib borishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»