19:02 / 17.05.2019
3 498

Prezident O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzoladi

Prezident O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzoladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda zargarlik tarmog‘ini jadallik bilan rivojlantirishga oid farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, shu yilning 1 iyulidan boshlab, jismoniy shaxslarga qiymati 5 ming dollardan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik mahsulotlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketishga ruxsat beriladi.

Tijorat banklari va zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar «Navoiy KMK» va «Olmaliq KMK»dan o‘lchov plastinalari hamda 5 gramm va undan ortiq granula shaklidagi qimmatbaho metallarni (oltin va kumush) London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksingidan kelib chiqqan holda milliy vayutaga sotib olish va sotib olingan qimmatbaho metallarni boshqa zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga sotish huquqiga ega bo‘ladi.

Qimmatbaho metallar hamda mahalliy zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish qo‘shimcha qiymat solig‘i va aksiz solig‘idan 2022 yil 1 iyulga qadar ozod etiladi.

Farmon bilan O‘zbekistonda 2019-2023 yillarda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi imzolandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzoladi