18:45 / 23.05.2019
4 065

Yo‘lovchilarni avtobusda tashish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi

Yo‘lovchilarni avtobusda tashish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro va turistik yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni, shuningdek, bolalar guruhlarini, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini tashish faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda ichki ishlar organlari hamrohligida amalga oshiriladi;

avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati bo‘linmalari va turizm xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibida yoki shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda amalga oshiriladi;

ichki ishlar organlari hamrohlik qiladigan avtobuslar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda bevosita qatnov yo‘liga chiqishdan oldin texnik holati yuzasidan majburiy tekshirishdan o‘tkaziladi;

qatnov yo‘llari bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya bitimlarida litsenziatning avtobuslarni haydovchining toliqqanligini nazorat qilish qurilmalari bilan ta’minlash majburiyati nazarda tutiladi;

smenalar o‘rtasidagi dam olish 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Belgilanishicha:

bolalar guruhlari, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini soat 22.00 dan soat 05.00 gacha (noyabr-fevral oylarida soat 21.00 dan soat 06.00 gacha) qatnov yo‘llari bo‘yicha tashishda avtobuslarning ichki ishlar organlari hamrohligisiz harakatlanishi taqiqlanadi, bolalarni temir yo‘l vokzallari, aeroportlargacha va orqaga tashish, shuningdek, yo‘llarda turib qolishda eng yaqin tunash joyigacha tashish bundan mustasno;

ikki va undan ortiq avtobuslarda ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashish ichki ishlar organlari hamrohligida kolonna tarkibida amalga oshiriladi;

xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtobuslarga hamrohlik qilish to‘lov to‘lanmasdan amalga oshiriladi;

muvofiq ro‘yxat bo‘yicha avtotransport vositalariga alohida guruhlar va toifalarni tashishga hamrohlik qilish bepul asosda amalga oshiriladi;

2021 yil 1 yanvardan boshlab foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yo‘lovchilarni avtobusda tashish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi