14:45 / 27.05.2019
2 914

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 29 may - 1 iyun kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 30–31 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 1 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 29 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq; 30 mayda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq; 31 may-1 iyunda kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 30–31 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29–30 mayda 17–22 daraja, 31 may-1 iyunda 15–20 daraja iliq, kunduzi 29 mayda 34–39 daraja bo‘ladi, 30 may-1 iyunda 28–33 daraja issiqqacha asta-sekin pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 30–31 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 29–31 mayda 31–36 daraja, 1 iyunda 28–33 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 31 mayda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 29–30 mayda 34–39 daraja bo‘ladi, 31 may-1 iyunda 30–35 daraja issiqqacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlik-da esadi. Harorat 29 mayda kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq, 30 may-1 iyunda kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 29–31 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 may-1 iyunda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 29–31 mayda 20–25 daraja issiq, 1 iyunda 17–22 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?