14:00 / 13.06.2019
2 882

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 13 iyun kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga jo‘nab ketdi.

Sammitda a’zo mamlakatlar o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Muloqotlar yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.

Prezidentimizning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi