20:59 / 21.06.2019
9 615

Shavkat Mirziyoyev Putin nega o‘zbeklarga tan berganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Putin nega o‘zbeklarga tan berganini aytdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev senatning 20-yalpi majlisida so‘zlagan nutqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szin Pin o‘zbeklarga tan berishgani haqida esladi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, voqea Bishkekda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti vaqtida ro‘y bergan.

Mehmonlarga Markaziy Osiyo mintaqasi qo‘shiq va raqslari, shuningdek, o‘zbek taronalari kiritilgan konsert dasturi taqdim etilgach, ziyofat davomida Rossiya prezidenti Mirziyoyevga o‘zbek kuy-qo‘shiqlari unda juda katta taassurot qoldirganini ma’lum qilgan.

"Shavkat Miromonovich, men ehtimol tushunmasman, lekin o‘zbek kuy-qo‘shiqlari, milliy liboslaringiz - mana buni tarix desa bo‘ladi", - deb aytgan.

Davrada o‘tirgan Xitoy rahbari Si Szin Pin ham Putinning gapini ma’qullagan holda "O‘zbek madaniyatini hech qaysi millatnikiga taqqoslab bo‘lmaydi", deb qo‘shimcha qilgan.

Mirziyoyev senat majlisi ishtirokchilariga o‘zbek millati haqida yaxshi gaplarni eshitish rahbar uchun naqadar maroqli ekanini bildirdi va o‘sha vaqtda "O‘sha vaqt ikkalasi ko‘zimga yaxshi ko‘rinib ketdi", dedi prezident.

Mirziyoyevning ushbu samimiyligi rahbar nutqini onlayn kuzatib o‘tirgan jurnalistlarga ham juda manzur keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Putin nega o‘zbeklarga tan berganini aytdi