O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalar quriladi. Bu borada loyihani Birlashgan Arab Amirligi kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirish to‘g‘risida prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
Qaror loyihasida aytilishicha, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar kompaniyasi bilan shamol elektr stansiyalarni qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 24 - 26 mart kunlari Birlashgan Arab Amirligiga rasmiy tashrifi doirasida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi va “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar” o‘rtasida umumiy quvvati 500 MVt shamol elektr stansiyalarni qurish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolanganligi belgilangan.
Shartnomada shamol elektr stansiyalarni qurish, foydalanish, moliyalashtirish bo‘yicha loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Qaror loyihasida 2019 yil 1 dekabrgacha “White & Case” kompaniyasi va moliyaviy konsultatni jalb qilishni ta’minlash to‘g‘risida Energetika vazirligiga topshiriq bayon etilgan.
Bugungi kunda eng yirik shamol elektr stansiya AQShning Kalifoniya shtatida joylashgan - Alta elektr stansiyasi hisoblanadi. Uning to‘liq quvvati - 1550 MVt tashkil qiladi.
Zamonaviy shamol elektr stansiyalar qushlar uchib kelish mavsumida ish faoliyatini to‘xtatadi.
Sobiq ittifoq hududida birinchi tog‘ shamol elektr stansiyasi 2011 yilda Qozog‘istonning Jambul viloyati Korday dovonida ishga tushirilgan. Uning quvvati 1,5 MVt tashkil qiladi.
Rossiyada yirik shamol energetik majmua Qrim energotizimi hisoblanadi. Eng yirik shamol elektr stansiya Ulyanov viloyatida joylashgan. Uning quvvati 35 MVtni tashkil qiladi. 2018 yilda shamol elektr stansiyalar tizimining umumiy quvvati 134 MVtni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?